×
LUKOIL: yoshlar –taraqqiyotning tayanchi va harakatlantiruvchi kuchi

O‘zbekiston – aholisi tez o‘suvchi davlat bo‘lib, uning 65 foizi - yoshlardir, respublikaning kelajagi va farovonligi ko‘p jihatdan ularga bog‘liq bo‘ladi. Yoshlarning yurtimiz rivojlanishidagi tutgan o‘rnining muhimligi ko‘p marta O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ta’kidlangan: «Biz yoshlar bilan birga yangi O‘zbekistonni barpo etamiz. 2020 yil davlatning yoshlarga oid siyosatida burilish yasaydi», - deb qayd etdi u o‘tgan yil dekabr oyidagi yosh avlod vakillari bilan uchrashuvida.

Har yili 15 iyul kuni dunyoda Butunjahon Yoshlar malakalari kuni nishonlanadi, u BMT Bosh Assambleyasi tomonidan yoshlarning malakalarini rivojlantirishga, yoshlar uchun ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni yaxshilashga investitsiyalarni kiritish muhimligi haqidagi xabardorlik darajasini oshirish maqsadida belgilangan. Bu sana shuningdek yoshlarning barqaror taraqqiyotni rivojlantirishdagi rolini, yoshlarning sog‘lig‘ini saqlashga, kasbiy tayyorgarligiga va ularni ishga joylashtirishga investitsiyalarni kiritish zarurligini eslatish uchun mo‘ljallangan.

«LUKOIL O‘zbekiston Opereyting Kompani» kompaniyasining rahbariyati yosh mutaxassislarning rivojlanishiga va kasbiy o‘sishiga alohida e’tibor qaratadi, malakasini oshirish, o‘qitish, ilg‘or loyihalarni amalga oshirish va yangi g‘oyalarni ishlab chiqish uchun barcha sharoitlar yaratiladi. Bu maqsadda Yosh mutaxassislar va ishchilar Kengashi (YoM va IK) faoliyat yuritadi, uning faoliyati yosh xodimlarga yangi ish sharoitlariga moslashishda, mutaxassisligini barkamol egallashida ko‘maklashishga qaratilgan. Kengash shuningdek korporativ madaniyatga va qadriyatlarga sadoqatga da’vat qiladi, kompaniyaning ijtimoiy hayotida faol ishtirok etishga o‘rgatadi – aynan yoshlar «LUKOIL-O‘zbekiston» tomonidan o‘tkaziladigan ekologik, sport, madaniy va xayriya aksiyalarida zavq bilan ishtirok etadi.

O‘zbekiston Respublikasida eng maqbul ish beruvchilardan biri bo‘lgan holda, «LUKOIL» yurtimizdagi yetakchi oliygohlarning bitiruvchilarini doimiy asosda ishga qabul qiladi. 30 yoshgacha bo‘lgan yosh mutaxassislar yuqori malakali, qimmatli va yuqori talabgor kadrlar resursi bo‘lib, kompaniya xodimlarining uchdan bir qismidan ortiq qismini tashkil etadi.

«LUKOIL» bo‘lg‘usi kadrlarning o‘sishi va rivojlanishiga investitsiya kiritadi, maxsus yo‘nalishli oliygohlar bilan keyinchalik o‘z loyihalarida ishga joylashtirish maqsadida eng iqtidorli yoshlarni tayyorlash yuzasidan hamkorlik qiladi. Kompaniya shuningdek «O‘zbekneftgaz» AJ bilan o‘z kadrlarini tayyorlash, malakasini oshirish, kadrlarning Rossiyadagi korxonalarda ta’lim o‘tishini tashkil etish masalalarida hamkorlik qiladi. Talabalar uchun shuningdek ishlab chiqarish amaliyotlari, ilmiy-texnik anjumanlar va neft-gaz sohasidagi eng yaxshi mutaxassislarning ma’ruzalari tashkil etiladi.

Shuni qayd etib o‘tish lozimki, inson kapitalini rivojlantirishga hissa kiritishi, ijtimoiy-mehnat va HR-sohasiga oid masalalarni hal etishdagi yuqori samaradorligi darajasi uchun, «LUKOYL O‘zbekiston Opereyting kompani» bir necha marta «O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi» va «Davlatning eng orzu qilingan ish beruvchisi» nomli yuksak mukofotlar bilan taqdirlangan edi.

OAJ «LUKOIL» (Rossiya) har yili «Yilning eng yaxshi yosh mutaxassisi» unvoni uchun tanlovni o‘tkazadi, uning maqsadi yosh mutaxassislar faolligini rag‘batlantirish, ularning ijodiy va kasbiy salohiyatini ochib berish, ishdagi yuqori ko‘rsatkichlarga erishish yuzasidan motivatsiyasini yuksaltirish hisoblanadi. Tanlov doirasida ishlab chiqarish va ma’muriy jarayonlarni yaxshilash yuzasidan takliflar ko‘rib chiqiladi, ulardan eng yaxshilari keyinchalik amaliyotga joriy etiladi. Shuni qayd etish muhimki, bu tanlov bir yillik faoliyat davrini qamrab oladi, bu esa mutaxassislarning faolligi va tashabbuskorligi uchun qo‘shimcha rag‘batlantiruvchi omil bo‘lib xizmat qiladi.

Butunjahon Yoshlar malakalari kuni arafasida «LUKOIL kompaniyasining eng yaxshi yosh mutaxassisi» unvoni uchun XV tanlovining natijalari e’lon qilindi, bu tanlovning g‘oliblari «LUKOIL» guruhidagi korxonalar faoliyat yuritadigan jahonning 30 ta davlatidan yuz minglab yosh mutaxassislar ichidan tanlab olingan.

«LUKOIL O‘zbekiston Opereyting Kompani» ning birato‘la uchta yosh mutaxassislari eng yaxshi deb topilgani kompaniya uchun ulkan shodlik va faxr manbai bo‘ldi:

«Iqtisodchi» nominatsiyasida investitsion rejalashtirish bo‘limining mutaxassisi Ayubov Oybek g‘olib bo‘ldi;

«Axborot-texnologik xizmat ko‘rsatish sohasida mutaxassis» nominatsiyasida - ishlab chiqarishni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari bo‘yicha muhandis Abdul-Kodir Nurmuxammad eng yaxshi deb tan olingan;

«Shaxsiy tajribamdan kelib chiqib, kompaniyamizda o‘sib ko‘tarilish uchun xodimlardan, shu jumladan yosh mutaxassislardan, faqat intilish va muayyan harakatlar talab etilishini ayta olaman. Rahbariyat doimo tashabbus ko‘rsatishga va yangi bilimlarni olishga tayyor bo‘lgan yoshlarga e’tibor beradi» - deb qayd etdi Ayubov Oybek.

O‘zbekistonlik yosh xodimlarning PAO «LUKOIL» nig tanlovidagi g‘alabasi yoshlarga oid siyosatning yo‘nalishi to‘g‘ri ekanligidan, yuksak istiqbolli xodimlarni tayyorlashning, ularni o‘z qobiliyatiga mos bo‘lgan ish uchastkalarida joy-joyiga qo‘yib chiqishning, hamda respublikaning neft-gaz sohasini rivojlantirish uchun yosh mutaxassislarni tarbiyalash va o‘qitishning mexanizmi samarali ekanligidan dalolat beradi.

 

Manba: telegra.ph

Materialdan to‘liq yoki qisman foydalanilganda, vebsayt manbasi ko‘rsatilishi shart.

© 2024 Buxoro neft va gaz sanoati kolleji

Aloqa

  • Buxoro shahar, Namozgoh ko‘chasi, 103

  • Telefon: +(998-65) 221-27-54

  • Faks: +(998-65) 221-27-54