×
“Professional ta’lim muassasalarda ochiq dars va master-klasslarni tashkil etish va o’tkazish tartibi to’g’risida” MASTER KLASS

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil    6-sentabr “Professional ta’lim muassasalarda ochiq dars va master-klasslarni tashkil etish va o’tkazish tartibi to’g’risida”gi 408-sonli buyrug’ining ijrosini ta‘minlash maqsadida 2024 yil 5 yanvar  kuni  

Buxoro neft va gaz sanoati kollejida O`quv tarbiyaviy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari A.R.Xafizov tomonidan “Time manejment”(vaqtni boshqarish) mavzusida master-klass o’tkazildi. 

Master klass davomida 1 3 5-qoidaSI , Mening samarali yilim" kitobining muallifi Kris Beyli uchta qoidasi, Hosildorlikka erishish uchun har kuni uchta eng muhim ishni bajarish kifoyaligi, Yel mutaxassisi Perets Lafining tadqiqotlari natijasida , 90 daqiqa — bu odam bitta vazifaga samarali e`tibor qaratishi mumkin bo`lgan eng maqbul vaqt ekanligi, Neyrofiziolog Natan Kleytmanning izlanishlari bilan tasdiqlangan to`liq dam olish uchun yarim soat kifoya qilishi

Brayan Treysi tomonidan ixtiro qilingan "qurbaqalar " deb nomlagan metodi, siz istamasligingizga qaramay bajarishingiz kerak bo`lgan yoqimsiz va murakkab vazifalar. Kunning boshidan shunday ish qiling — "qurbaqani iste`mol qiling". Va keyin bu sizga osonroq bo`ladi:Kanban ish jarayonini vizuallashtiradi siz stikerlar taxtasini olasiz va ustiga uchta ustun chizasiz:«Bajarish» (To do), «Bajaryapman» (Doing), «Bajarilgan» (Done). Keyin, nima qilayotganingizga va nima qilganingizga qarab, ishlaringizni stikerlarga yozing va tegishli ustunga qo`ying,

 

GTD (Getting Things Done) — bu biznes murabbiyi Devid Allen tomonidan ishlab chiqilgan mahsuldorlik tizimi,Amerika prezidenti Duayt Eyzenxauer tomonidan yaratilgan, matritsada vazifalar uchun to`rtta bo`lim mavjud:" shoshilinch va ahamiyatsiz"," shoshilinch, ammo ahamiyatsiz"," muhim va shoshilinch emas "va"shoshilinch va muhim"bo`yicha asosiy tushunchalar,

Fresh or Fried "yangi yoki qovurilgan"deb tarjima qilingan metod, 4D motivatsion yozuvchi va maslahatchi Edvard Rey tomonidan ixtiro qilingan. Usul o`zlarining vazifalar ro`yxatini ko`rib dahshatga tushgan va to`plangan barcha narsalarga qanday yondashishni bilmaydigan odamlarga yordam berishga qaratilgan vaqtni boshqarish bo`yicha eng sara usullar haqida ma`lumotlar berdi.

Materialdan to‘liq yoki qisman foydalanilganda, vebsayt manbasi ko‘rsatilishi shart.

© 2024 Buxoro neft va gaz sanoati kolleji

Aloqa

  • Buxoro shahar, Namozgoh ko‘chasi, 103

  • Telefon: +(998-65) 221-27-54

  • Faks: +(998-65) 221-27-54