×
Mir Alisher Navoiy

`zbek mumtoz adabiyotining asoschisi,davlat va jamoat arbobi, ulug` shoir Mir Alisher Navoiy tavallidining 583-yilligi hamda shoh va shoir Z.M.Bobur tavallidining 541 yilligi munosabati bilan Buxoro neft va gaz sanoati kollejida"Ikki buyuk siymo"nomli ma`naviy-ma`rifiy tadbir bo`lib o`tdi.

 

Tadbirni kollej O`quv-tarbiyaviy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari A.R.Xafizov kirish so`zi bilan ochib,Yangi O`zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, uchinchi Renessansning bunyodkori bo`lgan talaba-yoshlarning ongiga Navoiy va Boburmirzodek ajdodlarga munosib avlod bo`lishdek mas`uliyat ul zotlarning asarlaridagi ma`naviy g`oyalarning nechog`lik muhimligini alohida ta`kidladi.Tadbirni Yoshlar ittifoqi yetakchisi X.B.Azimova davom ettirdi. 

Faol guruh koordinatorlar, yoshlar tomonidan g`azallar, ruboiylar, hikmatli so`zlar ijro etilib, sahna ko`rinishlari, badiiy chiqishlar namoyish qilindi.

Materialdan to‘liq yoki qisman foydalanilganda, vebsayt manbasi ko‘rsatilishi shart.

© 2024 Buxoro neft va gaz sanoati kolleji

Aloqa

  • Buxoro shahar, Namozgoh ko‘chasi, 103

  • Telefon: +(998-65) 221-27-54

  • Faks: +(998-65) 221-27-54