×
Kollejda bo`lib o`tgan ochiq darslardan lavhalar

Maxsus fanlar o‘qituvchisi  F.Sharopov tomonidan 8-20-NMTBI guruhi ishtirokida tovar operatori fanidan “Sig‘imlar va sig‘imlarda o‘rnatilgan nafas olish klapanlari, ularning vazifalari va ishlash prinsiplari” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi. Ochiq darsda  o‘qituvchi tomonidan axborot kommunikatsion texnologiyalardan-kompyuter, proyektor, elektron doska, VR-shlem (virtual laboratoriyalarni ko‘rsatuvchi moslama)dan foydalanildi. Yangi mavzu slaydli taqdimot orqali o‘quvchilarga tushuntirildi. Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida tezkor savol-javob, jihozlarga annotatsiya yozish, maqsad sari bir qadam,  impuls anketa va jihozni yig‘ish kabi metodlardan unumli foydalanildi. 

Maxsus fanlar o‘qituvchisi  A.Nabiyev tomonidan  1-20-NGQO guruhi ishtirokida neft va gaz quduqlaridan foydalanish fanidan “Neft quduqlarini gazlift usulida ishlatish” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi. Ochiq darsda  o‘qituvchi tomonidan axborot kommunikatsion texnologiyalardan-kompyuter, proyektor,  elektron doskadan foydalanildi. Yangi mavzu slaydli taqdimot orqali o‘quvchilarga tushuntirildi. Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida tezkor savol-javob, zinama zina, “BBB”, Venn diagrammasi  kabi metodlardan unumli foydalanildi.

Materialdan to‘liq yoki qisman foydalanilganda, vebsayt manbasi ko‘rsatilishi shart.

© 2024 Buxoro neft va gaz sanoati kolleji

Aloqa

  • Buxoro shahar, Namozgoh ko‘chasi, 103

  • Telefon: +(998-65) 221-27-54

  • Faks: +(998-65) 221-27-54